: Oʻzbekiston AQShga mosh eksportini boshladi http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41300865?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston AQShga mosh eskportini yoʻlga qoʻymoqda. "Xatirchi pilla xazinasi" xususiy korxonasi Amerikaga umumiy bahosi 1,5 million dollarlik mosh eksporti boʻyicha shartnoma imzoladi.
Bu haqda ushbu shartnoma imzolanishiga koʻmak bergan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari eksportini qoʻllab qoʻvvatlash jamgʻarmasi maʼlum qilmoqda.
AQSh bir yilda oʻrtcha 10 million dollardan ortiq yorma dukkakli maxsulotlarni import qiladi. Amerikanging bu mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojini asosan Xitoy evaziga qondirilishi aytiladi.
Aynii damda jahon bozorida bir tonna moshning ulgurji bahosi 1100-1400 dollardan sotilmoqda. Bu holatda isteʼmolchi kamida 20 tonna olish kerak.
Bir necha yildan beri Oʻzbekistonda bugʻdoydan boʻshagan yerlarga ikkinchi ekin sifatida mosh ekishni yoʻlga qoʻyish targʻib qilinmoqda.
Oʻzbekistonda sugʻoriladigan joylarda bir gektar yerdan oʻrtacha 1,5 tonna mosh olinishi aytiladi.
"Bir gektar yerdan bizning sharoitda 1,5 tonnagacha mosh olsa boʻladi. Mosh asosan bugʻdoydan keyin ekilgani uchun yer olish muammo emas, fermer bilan kelishib olinaverar edi, bu yildan shartnoma asosida beriladi, deyishyapti yana bilmadim", deydi Suyarqul Ostonaqul.
Mutaxassislar Oʻzbekiston majburiy mehnatga sabab boʻlayotgan paxta yakkahokimligidan voz kechib, mahalliy iqlimga mos boʻlgan boshqa ekinlarni ekishni yoʻlga qoʻyish kerakligini aytishadi.
Hisob kitoblarga koʻra Oʻzbekistonning bir yillik paxta hosili eksportidan tushadigan foyda 800 million dollarga yaqin summani tashkil qiladi.
Birgina Rossiyadan bir yilda Oʻzbekistonga migrantlar orqali oʻrtacha 6-7 milliard dollar mablagʻ kirib keladi.
Iqtisodchi Anvar Husainov Oʻzbekiston paxtadan voz kechib boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻysa bir yillik daromad 100 milliard dollar atrofida boʻlishi mumkinligini aytadi.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68740545 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4