OTA ONASINI YAXSHI KORGANLAR KLASS Ikki zot bor ular mehri,
Tillolarga sotilmas.
Ular tanho yagonadur,
Ota-ona topilmas.
Biri quyosh biri oy,
Qalbi muhabbatga boy.
Gar yõqotsang holing voy,
Ota-ona topilmas.
Dõstlarga tõla dunyo,
Suyganing qilmas vafo.
Boylik topilur ammo,
Ota-ona topilmas.
Boringda bor ulfatdan,
Mashxurlikdan hurmatdan.
A'lodur shon shuhratdan,
Ota-ona topilmas.
Otajoning hurmat qil,
Sõzlariga itoat qil.
Omon bõlsin niyyat qil,
Ota-ona topilmas.
Seni deb sarsonadur,
Baxtingni deb yonadur.
Ul mehribon onadur,
Ota-ona topilmas.
Ezozla ikkisin ham,
Kõzlari bõlmasin nam.
Ular bor bordur olam,
Ota-ona topilmas.
Y